Aziz vatandoshlar! Hurmatli hamkasblar! O‘zbekistonimizning Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklash katta baxt, katta sharafdir. Mustaqillik biz uchun hayotimizning ma’no-mazmunini butunlay o‘zgartirgan, tariximizda yangi sahifa ochgan buyuk voqea bo‘lib, Vatanimizni, xalqimizni eski mustabid tizim kishanlaridan ozod qilgani, milliy demokratik davlat qurish, barcha mamlakatlar va xalqlar bilan teng bo‘lib, farovon hayot barpo etish yo‘lini ochib bergani bilan qadrli va mo‘tabardir! Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo’lsin! Yana bir bor Mustaqilligimizning 28 yilligi bilan tabriklaymiz.

Post Author: admin