“Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi 2022 yil 21 sentyabr’ kuni soat 14:00 da Navoiy viloyati Qiziltepa shahri Yoshlik ko‘chasi 2-uyda joylashgan “Qiziltepa un zavodi” AJ majlislar zalida o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 13:00 dan boshlab amalga oshiriladi.
Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish kun tartibi:
1.Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.
2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi sanoq komissiyasi soni va shaxsiy tarkibini saylash to‘g‘risida
3.Jamiyatning 2021 yil moliyaviy ko‘rsatgichlaridan kelib chiqib, sof foyda taqsimoti va dividend to‘lovini qayta taqsimlash to‘g‘risida
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishga shaxsni tasdiqlovchi hujjat, vakillar esa ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Umumiy yig‘ilish chaqirishga qaror qabul qilgan organ : Kuzatuv kengashi
Kuzatuv kengashi qarori sanasi: 2022 yil 24avgust
Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri yopiladigan sana : 2022 yil 13 sentyabr’
Umumiy yig‘ilishning aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborotlari bilan tanishish va o‘tkaziladigan yig‘ilish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun, (0436) 555-23-71, 555-32-55 telefon raqamlariga murojaat qilish yoki www.qiziltepaunzavod.uz veb sayti orqali tanishish mumkin.
Kuzatuv kengashi