“Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi 2022 yil 7 dekabr’ kuni soat 14:00 da Navoiy viloyati Qiziltepa shahri Yoshlik ko‘chasi 2-uyda joylashgan “Qiziltepa un zavodi” AJ majlislar zalida o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 13:00 dan boshlab amalga oshiriladi.
Umumiy yig‘ilish kun tartibi:
1. “Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi sanoq komissiyasi soni va shaxsiy tarkibini saylash.
2. Jamiyatning 2022 yil to‘qqiz oyi bo‘yicha hisoblangan sof foydasidan aksiyadorlarga divident ajratish to‘g‘risida.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishga shaxsni tasdiqlovchi hujjat, vakillar esa ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Umumiy yig‘ilish chaqirishga qaror qabul qilgan organ : Kuzatuv kengashi
Kuzatuv kengashi qarori sanasi: 2022 yil 8 noyabr’
Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri yopiladigan sana : 2022 yil 1 dekabr’
Umumiy yig‘ilishning aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborotlari bilan tanishish va o‘tkaziladigan yig‘ilish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun, (0436) 555-23-71, 555-32-55 telefon raqamlariga murojaat qilish yoki www.qiziltepaunzavod.uz veb sayti orqali tanishish mumkin.
Kuzatuv kengashi