2020 yil 26 mart kuni soat 14:00 da «Qiziltepa un zavodi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi Umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Manzil : Navoiy viloyati Qiziltepa shahri, “Yoshlik” ko‘chasi, 2-uy.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 13:00 dan boshlab amalga oshiriladi.
Yig‘ilish kun tartibi:
1. “QIZILTEPA UN ZAVODI” aksiyadorlik jamiyati umumiy yig‘ilishi sanoq komissiyasi soni va shaxsiy tarkibini saylash to‘g‘risida
2. “QIZILTEPA UN ZAVODI” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha Kuzatuv Kengashi hisobotini tasdiqlash hamda jamiyatning 2020 yilga belgilangan ustuvor vazifalari to‘g‘risida.
3.“QIZILTEPA UN ZAVODI” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha Biznes-reja ko‘rsatkichlarini bajarilishi to‘g‘risidagi boshqaruv raisining hisobotini tasdiqlash.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-sonli qarori talablariga muvofiq 2019 yil yakuni bo‘yicha boshqaruv raisining ishlab chiqarishni maxalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha direktorining hisobotini tasdiqlash.
5.“QIZILTEPA UN ZAVODI” aksiyadorlik jamiyatida xaridlar jarayonining shaffofligi asosliligi, shu jumladan, maxalliy maxsulotlarning sifat va narx bo‘yicha belgilangan parametrlarga muvofiqligini hisobga olgan holda import xaridlarini, shuningdek valyuta resurslaridan samarali foydalanilishi to‘g‘risida tashqi audit xulosasini tasdiqlash.
6.“QIZILTEPA UN ZAVODI” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2019 yil yakuni buxgalterlik balansi, foyda va zararlari to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash hamda jamiyatning yil yakuni bo‘yicha olgan sof foydasini va taqsimlash.
7.“QIZILTEPA UN ZAVODI” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2019 yil yakunlari bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazgan tashqi audit xulosasini va Taftish komissiyasining hisoboti va uning 2019 yil uchun yangi tarkibini saylash to‘g‘risida.
8.“QIZILTEPA UN ZAVODI” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv Kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.
10. “QIZILTEPA UN ZAVODI” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisini saylash to‘g‘risida.
11. “QIZILTEPA UN ZAVODI” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini bines-reja ko‘rsatkichlarini bajarilishi bo‘yicha mukofotlash masalasini ko‘rib chiqish hamda jamiyatining “Kuzatuv kengashi va Tafish komissiyasi a’zolarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” gi nizomning 2-3 boblariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tasdiqlash.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishga shaxsni tasdiqlovchi hujjat, vakillar esa notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Umumiy yig‘ilish chaqirishga qaror qabul qilgan organ : Kuzatuv kengashi
Kuzatuv kengashi qarori sanasi: 2020 yil 3 mart
Aksiyadorlar reestri yopiladigan sana : 2020 yil 20 mart