“Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi 2021 yil yakunlari bo‘yicha Umumiy yig‘ilishi 2022 yil 24 mart kuni soat 13:00 da Navoiy viloyati Qiziltepa shahri Yoshlik ko‘chasi 2-uyda joylashgan “Qiziltepa un zavodi” AJ majlislar zalida o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 12:00 dan boshlab amalga oshiriladi.
Umumiy yig‘ilish kun tartibi:
1. “Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyati umumiy yig‘ilishi sanoq komissiyasi soni va shaxsiy tarkibini saylash to‘g‘risida
2. “Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha Kuzatuv Kengashi hisobotini tasdiqlash hamda jamiyatning 2022 yilga belgilangan ustuvor vazifalari to‘g‘risida.
3.“Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha Biznes-reja ko‘rsatkichlarini bajarilishi to‘g‘risidagi boshqaruv raisining hisobotini tasdiqlash.
4.“Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2021 yil yakuni buxgalterlik balansi, foyda va zararlari to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash hamda jamiyatning yil yakuni bo‘yicha olgan sof foydasini va taqsimlash.
5.“Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2021 yil yakunlari bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazgan tashqi audit xulosasini tasdiqlash
6. “Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyati taftish komissiyasining hisobotini tasdiqlash.
7. “Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyati “Korporativ boshqaruv kodeksi talablariga muvofiq, jamiyatda 2020 yil yakuni bo‘yicha mustaqil tashkilot tomonidan o‘tkazilgan korporativ faoliyatni baholash xulosasini eshitish”
8. “Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyati Taftish komissiyasi a’zolari tarkibini saylash to‘g‘risida.
9.“Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv Kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.
10. “Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi bilan tuzilgan mexnat shartnomasini bir yilga uzaytirish to‘g‘risida.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-sonli qarori talablariga muvofiq 2021 yil yakuni bo‘yicha boshqaruv raisining ishlab chiqarishni maxalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha direktorining hisobotini tasdiqlash.
12. “Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyatida xaridlar jarayonining shaffofligi asosliligi, shu jumladan, maxalliy maxsulotlarning sifat va narx bo‘yicha belgilangan parametrlarga muvofiqligini hisobga olgan holda import xaridlarini, shuningdek valyuta resurslaridan samarali foydalanilishi to‘g‘risida tashqi audit xulosasini tasdiqlash.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishga shaxsni tasdiqlovchi hujjat, vakillar esa ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Umumiy yig‘ilish chaqirishga qaror qabul qilgan organ : Kuzatuv kengashi
Kuzatuv kengashi qarori sanasi: 2021 yil 25 fevral’
Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri yopiladigan sana : 2021 yil 15 mart
Umumiy yig‘ilishning aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborotlari bilan tanishish va o‘tkaziladigan yig‘ilish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun, (0436) 555-23-71, 555-32-55 telefon raqamlariga murojaat qilish yoki www.qiziltepaunzavod.uz veb sayti orqali tanishish mumkin.
Kuzatuv kengashi