“Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi 2022 yil 30 iyun’ kuni soat 14:00 da Navoiy viloyati Qiziltepa shahri Yoshlik ko‘chasi 2-uyda joylashgan “Qiziltepa un zavodi” AJ majlislar zalida o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 13:00 dan boshlab amalga oshiriladi.
Umumiy yig‘ilish kun tartibi:
1. “Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyati umumiy yig‘ilishi sanoq komissiyasi soni va shaxsiy tarkibini saylash to‘g‘risida
2. “Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalidagi “O‘zdonmahsulot” AKning aksiyalar paketini ommaviy savdolarga chiqarilishini tashkil etish bo‘yicha “Loyiha ofisi”ni joriy etish va uning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi jamiyat boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimini tashkil etish bo‘yicha jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga tegishli o‘zgartirish kiritish hamda tasdiqlashto‘g‘risida
3. “Qiziltepa un zavodi” aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasiga kiritilayotgan o‘zgarishlardan kelib chiqib, korxona ichki normativ xujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishga shaxsni tasdiqlovchi hujjat, vakillar esa ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Umumiy yig‘ilish chaqirishga qaror qabul qilgan organ : Kuzatuv kengashi
Kuzatuv kengashi qarori sanasi: 2022 yil 6 iyun’
Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri yopiladigan sana : 2022 yil 24 iyun’
Umumiy yig‘ilishning aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborotlari bilan tanishish va o‘tkaziladigan yig‘ilish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun, (0436) 555-23-71, 555-32-55 telefon raqamlariga murojaat qilish yoki www.qiziltepaunzavod.uz veb sayti orqali tanishish mumkin.
Kuzatuv kengashi