“Qiziltepa un zavodi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi 2017 yil yakunlari bo‘yicha Umumiy yig‘ilishi 2018 yil 11 may kuni soat 13:00 da Navoiy viloyati Qiziltepa shahri Yoshlik ko‘chasi 2 – uyda joylashgan “Qiziltepa un zavodi” AJ majlislar zalida o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 12:00 dan boshlab amalga oshiriladi.
Umumiy yig‘ilish kun tartibi:
1. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2017 yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash.
2. Jamiyatning 2017 yildagi ishlab chiqarish va moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha ijro organi rahbarining hisobotini tasdiqlash.
3. Jamiyatni 2017 yil yakuni bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazgan tashqi audit xulosasini va taftish komissiyasi hisobotlarini tasdiqlash.
4. Jamiyatning 2017 yil bo‘yicha “Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari”ga auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan xulosasini tasdiqlash.
5. Jamiyatning 2017 yil moliya xo‘jalik yili yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini, buxgalteriya balansini, foyda va zararlar hisob varag‘ini tasdiqlash.
6. Jamiyatning 2018 yil uchun tuzilgan biznes-rejasini tasdiqlash.
7. Jamiyatning 2017 yil yakuni bo‘yicha olgan sof foydasi taqsimoti, aksiyadorlarga dividendlarni to‘lash miqdori va tartibini belgilash.
8. Oxirgi uch yil davomida talab qilib olinmagan dividentlarni jamiyat ixtiyorida qoldirish.
9. Kuzativ kengashi raisi va a’zolarini moddiy rag‘batlantirish miqdori va tartibini tasdiqlash.
10. Jamiyat boshqaruv raisi bilan mehnat shartnomasini bir yilga uzaytirish.
11. Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish va uning yangi tarkibini saylash.
12. Jamiyat taftish komissiyasi a’zolarini saylash.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishga shaxsni tasdiqlovchi hujjat, vakillar esa notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Umumiy yig‘ilish chaqirishga qaror qabul qilgan organ: Kuzatuv kengashi
Kuzatuv kengashi qarori sanasi: 2018 yil 26 aprel
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida xabardor qilish uchun shakllantiriladigan reestr sanasi: 2018 yil 26 aprel
Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri yopiladigan sana: 2018 yil 4 may
Umumiy yig‘ilishning aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborotlari bilan tanishish va o‘tkaziladigan yig‘ilish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun, (0436) 555-23-71, 555-32-55 telefoniga murojaat qilish yoki www.qiziltepaunzavod.uz veb sayti orqali tanishish mumkin.
Kuzatuv kengashi